ADABIY-BADIIY KECHA
2026-02-09 16:05:00 / Yangiliklar

Bugun 9-fevral kuni Ohangaron shahar Madaniyat bo'limi hamda 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi ijodiy jamoasi tomonidan buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan "Ajdodlar merosi-navolarda" adabiy - badiiy kecha bo’lib o'tdi.
Tadbirda Ohangaron shahar Nuroniylari, MMTB, shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari va umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari ishtirok etdi.
Dastur davomida ijodiy jamoa tomonidan shoir va mutafakkirlarimiz qalamiga mansub kuy-qo'shiqlar, g'azal va ruboiylar, shuningdek maftunkor raqslar ijro etildi

