Ohangaronda san’at bayrami: ijod ahli bilan samimiy uchrashuv
2026-02-07 17:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san’ati maktabida madaniy hayotni yanada jonlantirgan, san’at va ijodga oshno qalblarni birlashtirgan navbatdagi qutlug‘ tadbir — ijod ahli bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu unutilmas ijodiy kecha O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari ishtirokida tashkil etilib, tomoshabinlar qalbida san’atga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamladi.
Mazkur uchrashuvda teatr san’atining tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan, sahna madaniyati va mahorati bilan e’tirof etilgan mashhur namoyandalari — Yodgor Sa’diyev, Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov, Tohir Saidov, Saida Rametova, Dilnoza Kubayeva, Ra'no Yarashova, Zuhra Ashurova, Hamza Xasanov, Sharofiddin Muzropov ishtirok etib, o‘zlarining boy ijodiy tajribalari, sahnadagi hayotiy obrazlari va san’at yo‘lidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.


