Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari Bobur Adizov ishtirokida Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
2026-02-06 12:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash tartibiga qat’iy rioya etish hamda mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, davlat xizmatchilarining axloq-odob qoidalari va shaxsiy javobgarligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbar va xodimlarga korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur yo‘nalishda profilaktik tadbirlar muntazam davom ettirilishi belgilab olindi.


