Shahar hokimi Birlik mahallasida aholi bilan uyma-uy muloqot o‘tkazdi
2026-02-04 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 4-fevral kuni Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan "Birlik" mahallasida aholi bilan manzilli ishlash maqsadida uyma-uy yurib o‘rganish ishlarini olib bordi. O'rganish davomida aholi xonadonlariga tashrif buyurib, har bir uyda mavjud muammo va masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdi, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazdi hamda ularning yashash sharoitlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan kadastr, ichimlik suvi ta’minoti hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tingladi. Ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ishtirokida joyida muhokamalar olib bordi. Xususan, kadastr, ichimlik suvi ta’minoti hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga oid masalalarni ko‘rib chiqishda 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-son Qonuni talablari asosida ish olib borishlarini qayd etdi.
Mazkur uyma-uy o‘rganish ishlari aholi murojaatlarini manzilli hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda hududdagi muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga qaratilgan.


