Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-01-27 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.
Kun tartibidan joy olgan masalalar:
Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil 12 oy davomida "Jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ohangaron shahar prokurori Maxmud Umarov o'z axborotini taqdim etdi.
Ohangaron shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig'ining 2025-yil 12 oy davomida shaharda "Huqubuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan Ohangaron shahar IIB boshlig'i v.v.b. Abdurauf Shodmonov o‘z hisobotini taqdim etdi.
Ohangaron shahar Adliya bo‘limining shahar darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025-yilning o'tgan ikkinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan shahar Adliya bo'limi rahbari Rashid Xusanov o'z axborotini taqdim etdi.
Kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan keng ko'lamli muhokamalar olib borilib tegishli qarorlar qabul qilindi.






