Xalq bilan muloqot — ochiqlik, ishonch va amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam poydevoridir
2026-01-28 18:40:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov aholi bilan ochiq muloqoti anʼanaga aylangani hech kimga sir emas. Bugun 28-yanvar kuni Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov navbatdagi sayyor qabulni Birlik mahallasida oʻtkazdi.
Sayyor qabulda Ohangaron shahar IIB boshlig'i v.v.b. Abdurauf Shodmonov, Ohangaron shahar prokuror o'rinbosari J.Ergashev, Ohangaron shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Ahmedov hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida aholidan kelib tushgan yo‘l infratuzilmasi, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi,ichimlik suvi, uylarning kadastr bilan bog‘liq murojaatlar diqqat bilan tinglanib, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur sayyor qabul doirasida hokim tomonidan aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy yondashuvlar belgilab berildi.
Birlik mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, muammolarni tezkor va manzilli hal etishga xizmat qildi.
Sayyor qabullar — aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqot, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim mexanizm hisoblanadi.




