MUROJAAT
2026-01-22 13:30:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Arzikulov Turaqul Sodiqovichning aholi va soha xodimlariga
MUROJAATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida mamlakatimizning barcha sohalarida chuqur islohotlar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, uni oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.
Biz – tibbiyot xodimlari adolatli, erkin va taraqqiyot sari intilayotgan jamiyatda faoliyat yuritar ekanmiz, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda shaffoflikni ta’minlash va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizga mas’uliyat bilan yondashishimiz va faollikni namoyon qilib, jonajon xalqimizni rozi bo‘lishini asosiy maqsadimiz deb bilishimiz lozim.
Ma’lumki, mamlakatimizning barcha sohalarida qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o‘zida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (D-MED) yaratilib, viloyatdagi tibbiyot muassasalarida ishga tushirilgani korrupsiya xavflarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiya, byurokratiya, tamagirlik va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishda har bir shaxsning faol ishtiroki va haqiqatni himoya qilishdagi ko‘magi asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli Sizdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling:
Ishonch telefonlari — 1203; 1103, 55-900-07-35;
Elektron pochta — toshvil@эxat.uz;
Rasmiy veb-sayti — - www.toshvilssb.uz:;
Telegram bot t.me/tvhssb;
Bevosita boshqarma boshlig‘iga;
Bevosita Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga;
Boshqarmaning Odob-axloq komissiyasi raisiga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
