Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
2026-01-21 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun 21-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Ohangaron shahar Do'stlik mahallasi fuqarolari uchun 3-sonli umumta'lim maktabida muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Ohangaron shahar 3-sonli umumta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi Ohangaron shahar bo‘yicha vakili B.Musurmanov, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi
2-Bunyodkor okrugi deputati F.Mashkurova, Ohangaron shahar texnikumi Tarix fan o'qituvchisi X.Xamdamova, Ohangaron shahar Mudofaa bo'lim boshlig'i o'rinbosari M.Musurmanov asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar aholi vakillariga sodda va tushunarli tilda atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, muloqot jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari hamda turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.






