Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
2026-01-20 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun 20-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Ohangaron shahar No'g'oyqo'rg'on mahallasi fuqarolari uchun 9-sonli umumta'lim maktabda muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Ohangaron shahar 9-sonli umumta'lim maktabda bo'lib o'tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi Ohangaron shahar bo‘yicha vakili B.Musurmanov, Shahar hokimining birinchi o'rinbosari Sh.Abdusattorov, Toshkent Agrar universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa f.b.f doktori(PhD) Sh.Kimsanbayeva, Ohangaron shahar Mudofaa bo'lim Kapitani O.Usmonov asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar aholi vakillariga sodda va tushunarli tilda atroflicha tushuntirildi.







