Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
2026-01-17 16:45:00 / Yangiliklar

Bugun 17-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Ohangaron shahar Bo’ston mahallasi fuqarolari uchun Shahar texnikumida muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Ohangaron shahar texnikumida bo'lib o'tgan tadbirda Shahar hokimi o'rinbosari B.Adizov, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi
2-Bunyodkor okrugi deputati Feruza Mashkurova, Inson ijtimoiy markazi direktori Ch.Yo'ldosheva, asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar aholi vakillariga sodda va tushunarli tilda atroflicha tushuntirildi.
Mazkur tadbirda Murojaatnomada ilgari surilgan muhim tashabbuslar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirildi.



