Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
2026-01-18 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-yanvar 11:00 da Ohangaron shahar Yangilik mahalla fuqarolari uchun Ohangaron shahar 3-sonli umumta'lim maktab binosida o'tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, maqsad va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Ohangaron shahar 3-sonli umumta'lim maktab binosida bo'lib o'tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi Ohangaron shahar bo‘yicha vakili B.Musurmanov asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar aholi vakillariga sodda va tushunarli tilda atroflicha tushuntirildi.
Mazkur tadbirda Murojaatnomada ilgari surilgan muhim tashabbuslar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirildi.





