Ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
2025-11-05 16:05:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-fevral oylarida aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda joylarda ushbu jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Ohangaron tumanining olis tog‘li hududlarida esa allaqachon ro‘yxatga olish ishlari boshlab yuborilgan.
Bugun tumanimizga biriktirilgan viloyat Statistika boshqarmasi xodimi va "Aloqabank" boshqaruvi raisi o‘rinbosari tomonidan mahalla "yettiliklari" uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda bu boradagi ishlarni tashkil etish, planshetlarga tegishli ilovani o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-yanvar - 26-fevral kunlari aholi avval internet orqali, so‘ngra uyma-uy hisobga olinadi. Savollar soni 328 tadan 71 tagacha qisqartirilgan.






