Ohangaron tumani hokimi o‘rinbosari xalqaro ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda
2025-10-10 10:40:00 / Yangiliklar
Innovatsiya

Toshkent shahrida "INNOWEEK-2025" xalqaro ko‘rgazmalar haftaligi o‘z ishini boshladi.
Mazkur nufuzli tadbirda Ohangaron tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Latipov hamda tumandagi innovatsion korxonalar vakillari faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan hududda ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy mahsulotlar hamda innovatsion g‘oyalarning taqdimoti o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir nafaqat Ohangaron tumanida innovatsion sohada olib borilayotgan ishlarni ommalashtirish, balki yurtimizning boshqa hududlaridagi bu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlarni tumanimizga tatbiq etish uchun tajriba almashish imkoniyatidir.



