Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-11-19 14:25:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, bugun, 19-noyabr kuni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sa’dullayev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Ma’ruf Toshboyev tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.
Qabul davomida turli yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Jumladan, uy-joy bilan ta’minlash va mavjud turar joy masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy yordam ko‘rsatish, moddiy ko‘mak ajratish hamda boshqa ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan fuqarolar o‘z muammo va takliflarini bildirdilar.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida har bir masalaga alohida e’tibor qaratilib, ularning mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.






