Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-11-11 17:15:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Ohangaron tuman prokuraturasining 2026 yilning 9 oyi davomida tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026 yil 22 yanvardagi «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida ma’ruzalar va hisobotlarni eshitishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida»gi KQ-360-IV-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026 yil 3-chorak yakuni bo‘yicha hokim hamda tuman tashkilotlari va muassasalari rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
4. Aholi murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
5. Ohangaron tumani Ichki ishlar bo‘limining 2026 yilning 9 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
6. Ohangaron tumanida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida.
7. Ohangaron tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning loyihasi to‘g‘risida.
8. Ohangaron tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
9. Ohangaron tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
10. Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026 yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida axborot berish grafigini tasdiqlash to‘g‘risida.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 23 sentyabrdagi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Ohangaron tumanining 2026 yil kuz mavsumi uchun «Yashil dastur»ini tasdiqlash to‘g‘risida.
12. Ohangaron tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 12 maydagi 239-son qaroriga asosan Ohangaron tumanida 7-bosqichli «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2026 yilning 10 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida.
13. Ohangaron tumani «Yoshlar daftari» jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.






