FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASHDA AMALIY NATIJADORLIKKA E’TIBOR QARATILMOQDA
2026-11-02 15:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 2-noyabr kuni Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sa’dullayev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Ma’ruf Toshboyev ishtirokida fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, mavjud muammolar va takliflar bilan mas’ullarga murojaat qilishdi. Har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Qabuldan so‘ng, mas’ullar ayrim murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganishdi. Mavjud vaziyat bilan tanishilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.


