Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-21 15:35:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumani hokimi o‘rinbosari Jamshid Latipov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Ma’ruf Toshboyev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kadastr, kommunal xizmatlar, moddiy yordam, infratuzilma va boshqa sohalarga oid murojaatlar qabul qilinib, har bir masala atroflicha o‘rganildi.
Murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, qonunchilik doirasida zarur tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Qabulda asosiy e’tibor fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning hayotida uchrayotgan muammolarga amaliy yechim topish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishga qaratildi.





