Tuman hokimi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-24 12:45:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumanida aholi murojaatlarini eshitish, ularni qonuniy asosda hal etish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Bahrom Norqobilov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qilib, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilar bilan birgalikda fikr almashildi.
Murojaatlar asosan uy-joy masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ta’lim krediti ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish, tibbiy ko‘mak olish hamda ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘ldi.
Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmun-mohiyati o‘rganilib, uni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.









