RASMIY AXBOROT
2026-08-28 14:30:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumanida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda hududlarni kompleks obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari natijasida jami 51 ta ijtimoiy, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi.
Xususan:
– 5 ta umumta’lim maktabi binosi;
– 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
– 4 ta zamonaviy sport zali;
– 1 ta mini-futbol maydonchasi;
– 1 ta sport kompleksi;
– 4 ta tibbiyot maskani;
– 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi;
– 3 ta «Nuroniylar maskani»;
– 3 ta kichik tikuv korxonasi;
– 2 ta maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi;
– 2 ta ayollar sog‘lomlashtirish markazi;
– 2 ta o‘quv markazi;
– 1 ta avtomaktab;
- 1 ta namunali ko‘cha;
– 3 ta sanoat ishlab chiqarish korxonasi;
– 10 ta chorvachilik kompleksi;
– 1 ta yirik parrandachilik kompleksi;
- 2 ta sayyohlik dam olish maskani foydalanishga topshirildi.
Alohida ta’kidlash joizki, mazkur obyektlar tumanning turli hududlarida, jumladan, olis va tog‘li mahallalarda ham barpo etildi. Bu esa bunyodkorlik ishlarining qamrovi kengligidan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib infratuzilmani yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi natijasida tumanda jami 460 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va hududda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.,
Eng muhimi, bu bunyodkorlik ishlarining zamirida inson manfaati, aholiga qulay sharoit yaratish, yoshlar uchun munosib ta’lim va sport muhitini shakllantirish, xotin-qizlar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Ohangaron tumani hokimligi Axborot xizmati.









