OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi
2026-08-25 18:10:00 / Press-tur

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Ohangaron tumanida hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish, ijtimoiy soha obyektlarini modernizatsiya qilish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan bugun tuman hokimligi Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida maxsus press-tur tashkil etildi.
Press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mustaqillik bayrami arafasida tumanda barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan yangi obyektlar, ishga tushirilgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda aholi uchun yaratilgan yangi imkoniyatlarni OAV vakillariga bevosita joyiga chiqqan holda namoyish etish, amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
Press-tur doirasida jurnalist va blogerlar tumanda so‘nggi davrda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, bir qator mahallalarda yangidan qurilgan va zamonaviy talablar asosida ta’mirlangan mahalla fuqarolari yig‘inlari binolari, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy soha obyektlari faoliyati namoyish etildi.
Shuningdek, press-tur ishtirokchilari maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, bolalarning ta’lim-tarbiyasi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan sport inshootlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Yangi va ta’mirlangan obyektlarda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlar hamda aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Press-tur dasturidan tumanda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga xizmat qilayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish ham o‘rin oldi. OAV vakillariga yangi korxonalarda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish quvvatlari va aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga, tumanning agrar salohiyatini yuksaltirish, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy xo‘jaliklarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham press-tur ishtirokchilarining e’tiborida bo‘ldi. Yangi chorvachilik va parrandachilik komplekslarida yaratilgan imkoniyatlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalar haqida tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur press-tur tuman hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularning aholi hayotidagi amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bugun Ohangaron tumanida foydalanishga topshirilayotgan har bir yangi obyekt ortida aholi uchun qulaylik, yangi ish o‘rinlari, ta’lim va sport uchun imkoniyatlar, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va hududlarni yanada obod qilish maqsadi mujassam.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar obyektlarning faoliyati bilan tanishib, mas’ullardan batafsil ma’lumotlar olish, aholi va soha vakillari bilan suhbatlashish hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka xolis axborot yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir orqali mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, yangi obyektlar va iqtisodiy loyihalarning natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga alohida e’tibor qaratildi.
Eng muhimi, press-tur davomida namoyish etilgan har bir obyekt yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini ta’minlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning Ohangaron tumanidagi amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Press-tur davomida OAV vakillari quyidagi obyektlarning ochilish marosimida ishtirok etishdi:
– "G‘allaquduq" mahallasida "Best Metal Construction" MCHJ tomonidan tashkil etilgan chorvachilik kompleksi;
– "Qiziloy" MFY binosining ochilishi;
– "Qiziloy" mahallasida bunyod etilgan sport majmuasi;
– 40-maktab binosi hamda ochiq turdagi futbol maydonchasining ochilish marosimi;
– "Susam" MFY binosining ochilishi;
– "Ilk rivojlanish markazi" binosining ochilishi;
– 51-maktab binosining ochilishi;
– "Rustam Agro" MCHJ tomonidan tashkil etilgan parrandachilik kompleksi ochilishi;
– "Telov" mahallasidagi 38-sonli oilaviy poliklinika binosining ochilishi;
– "Uvak" MFY binosining ochilishi;
– "Uvak" mahallasida tashkil etilgan xususiy oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashgkilotining ochilishi.









