Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi 2026-yil 20-avgust soat 14:00ga chaqirildi.
2026-08-18 10:15:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
– Ohangaron tumani prokurorining 2026-yilning 6 oyi davomida tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;
– Ohangaron tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
– Ohangaron tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axboroti;
– Ohangaron tumani mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak yakuni bilan daromadlar rejasining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar haqidagi tuman hokimligining takliflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
– Ohangaron tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 6 oyi davomidagi faoliyati to‘g‘risida.
