Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik kuchaytiriladi
2026-08-07 11:10:00 / Yangiliklar

– g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish, unda narkotiklar tayyorlangan yoki tayyorlanmaganidan qat’iy nazar, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
– narkojinoyatlarga homiylik qilgan mansabdor shaxslar 20 yilgacha qamaladi;
– jamoat joylarida giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilgan shaxslarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi;
– narkotiklarni uyushgan guruh tarkibida ikki yoki undan ortiq davlat hududida noqonuniy muomalaga kiritganlar 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi;
– narkojinoyat sodir etgan shaxslar jazo muddatini to‘liq o‘taydi va ular muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi, shuningdek, ularning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilmaydi;
– narkotiklarni ko‘p miqdorda har qanday usulda o‘tkazgan shaxslar eng kamida 15 yilga qamaladi;
– kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’lim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, Internet tarmog‘idan foydalanib yoki xavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritilishi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
– agar shaxs boshqa bir shaxsni narkotik moddalarni iste’mol qilishga jalb etishi uning o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa 5 yildan 10 yilgacha qamaladi;
– voyaga yetmagan shaxsni alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddani iste’mol etishga jalb qilganlar endilikda ma’muriy emas, balki, to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi.
