Vaziyat nazorat ostiga olindi
2026-08-03 15:15:00 / Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Ecolog.uz kanalida Ohangaron tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hududida saqlanayotgan itlarning holati yuzasidan e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamda Ohangaron tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida hayvonlarni saqlash sharoitlari, ularga veterinariya xizmatlari ko‘rsatilishi, oziqlantirish va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi har tomonlama tahlil qilinadi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi. O‘rganish yakunlari hamda qabul qilingan qarorlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
