Ohangaron tumani hokimi Bahrom Norqobilov tayanch mahalla sifatida belgilangan “Nurobod” mahallasi yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-07-28 15:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi mahalla yettiligi a’zolariga hududlarda amalga oshiriladigan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ichki ko‘chalar, ijtimoiy ob’yektlar va umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni hashar va obodonlashtirish tadbirlariga faol jalb etish, mahallalarda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.


