Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
2026-07-23 11:40:00 / Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Mufasa" kanalida «Bu doktorlardan qo‘rqib ketyapman» sarlavhasi ostida ismi ko‘rsatilmagan noma’lum fuqaroning murojaati keltirilgan. Jumladan murojaatda shunday deyiladi:
«Bir yordamingiz kerak. Ohangaron tuman shifoxonasida qonimdan kaliy va natriy tahlili olmasdan turib, kaliy-magniy va natriy-magniy osma ukollarini qilishdi. Qonimdagi kreatinin miqdori kecha 328 edi, bugun esa 368 ga chiqib ketibdi. Bu o‘limga olib boradi. 450-500 kreatinin — bu gemodializ degani. Men bu doktorlardan qo‘rqib ketyapman».
Mazkur holat yuzasidan ayni damda tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
