Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi 2026-yil 22-iyul kuni soat 15:00 ga chaqirildi
2026-07-17 12:20:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
– Ohangaron tuman Soliq inspeksiyasi rahbarining 2026-yil 6 oyi
davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;
– Ohangaron tumani Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2026-yil 6 oyi davomida hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti;
– Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan
2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti;
– Ohangaron tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbarining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti;
– Ohangaron tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosarining 2026-yilning 6 oyi davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan axboroti;
– Ohangaron tumanida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining hududlar kesimida ijrosi (ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari va aholi turar-joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati) bo‘yicha 2026-yilning
6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot;
– Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining 2025-yil 9-dekabrdagi VII-16-85-10-134-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
– Ohangaron tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
