Ohangaron tuman hokimi Bahrom Norqobilov raisligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olishga bag‘ishlangan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-07-14 11:40:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda tuman hududida bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, ko‘cha va xiyobonlarni, davlat tashkilotlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda boshqa muassasalarni bayramona ruhda bezatish, aholida yuksak kayfiyat yaratishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini yanada kuchaytirish, ichki ko‘chalar, aholi gavjum joylari, yashil hududlar hamda ijtimoiy ob’yektlar atrofini tartibga keltirish, bayram arafasida hududlarni ko‘rkam qiyofaga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida har bir hududda obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish, bayramona bannerlar va bezaklarni o‘rnatish, ko‘chalarni yoritish tizimlarini tartibga keltirish hamda barcha tashkilot va muassasalarning bayramga munosib tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi barcha mutasaddi rahbarlarga belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, Mustaqillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.


