2026-yilning 1-iyul kuni Ohangaron tumani hokimi raisligida navbatdagi "Hokimlik soati" majlisi bo‘lib o‘tadi.
2026-06-30 11:00:00 / Majlislar
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilish holati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasi.
2. Tumanga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar tahlili.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi "Toshkent viloyatini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 165-son qarori ijrosining borishi.
4. Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish masalasi.
