Ohangaron tumaniga Mo‘g‘ulistondan chorva mollari olib kelinadi
2026-06-19 11:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda Ohangaron tumani hokimi Bahromi Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘uliston davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Mo‘g‘uliston Veterinariya xizmati rahbari Altangiril bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Mo‘g‘ulistondan Ohangaron tumaniga joriy yilda 20 ming bosh "Bayat" zotli qo‘ylarni olib kelishni tashkillashtirish yuzasidan muzokara olib borildi.
Bunda zotdor qo‘ylarni yuborishdan oldingi karantin tadbirlarini tashkil etish, sog‘lom hududlardan qo‘ylarni tanlab olish, karantin davrida kasalliklarga qarshi diagnostik tekshiruvlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra joriy yilda Ohangaron tumaniga Mo‘g‘ulistonning chorva kasalliklaridan holi hududlaridan 20 ming bosh zotdor qo‘ylarni yetkazib berishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

