Qonun ustuvorligini taʼminlash — adolatli jamiyat poydevori
2026-06-11 08:55:00 / Yangiliklar

“Oʻzbekiston — 2030“ strategiyasi mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiquvchi muhim dasturilamal hujjat hisoblanadi. Ushbu strategiyaning eng muhim va fundamental yoʻnalishlaridan biri — qonun ustuvorligini taʼminlash hamda xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etishdir. Bu yoʻnalish davlat organlarining xalqqa yaqinlashishi, adolat mezonlarini mustahkamlash va korrupsiyadan xoli jamiyat qurishning huquqiy kafolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2023 yildagi “Oʻzbekiston — 2030“ strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmonining Qonun ustuvorligini taʼminlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etishda Qonun ustuvorligini taʼminlash — adolatli jamiyat poydevori „Oʻzbekiston — 2030“ strategiyasida qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha aniq va qatʼiy vazifalar belgilab berilgan. Qonun ustuvorligi jamiyatda adolat, tenglik va ochiqlik muhitini yaratadi. Strategiya doirasida bu borada quyidagi asosiy ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan:
Xususan, sud tizimining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar biron bir tashqi taʼsir yoki bosimsiz, faqat qonunga boʻysungan holda qaror qabul qilishi shart. Strategiyada sud himoyasini taʼminlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sud jarayonlarida sargardonlikka barham berish nazarda tutilgan.
Shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, ya’ni har bir fuqaro oʻzining buzilgan huquqlarini sud orqali tezkor va adolatli tiklay olishi uchun raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Masalan, „E-sud“ va boshqa elektron tizimlar orqali hujjatbozlik qisqartirilib, shaffoflik taʼminlanmoqda.
Qonun oldida hamma teng boʻlgan jamiyatda fuqarolarning davlatga va kelajakka boʻlgan ishonchi ortadi. Bu esa mamlakatga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi va iqtisodiy barqarorlik uchun ham mustahkam poydevor yaratadi.
Albatta, Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi „Davlat xalqqa xizmat qilishi kerak“ Ushbu strategiyaning eng katta falsafiy va amaliy gʻoyasi — “Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak, xalq davlat organlariga emas” degan tamoyildir.
Shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ya’ni fuqarolarning idoralarma-idora sarson boʻlib yurishiga barham berish maqsadida davlat xizmatlarining 100 foiz elektron shaklga oʻtkazilishi maqsad qilingan. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yuzlab xizmatlardan uydan chiqmasdan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Mahalla tizimini kuchaytirish orqali, „Mahalla — xalq bilan muloqotning koʻprigi“ tamoyili asosida barcha ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni bevosita joyida, mahalla darajasida hal etish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Mahalladagi yettilik tizimi aholining muammolarini aniqlash va ularni tezkor hal etishda bosh boʻgʻinga aylandi.
“Oʻzbekiston — 2030“ strategiyasida belgilangan qonun ustuvorligini taʼminlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi shunchaki reja emas, balki xalqimizning farovon va munosib hayot kechirishi uchun tashlangan ulkan strategik qadamdir. Ushbu islohotlar toʻliq amalga oshishi natijasida mamlakatimizda adolatli sud tizimi shakllanadi, korrupsiya keskin kamayadi va davlat idoralari fuqarolarning eng yaqin koʻmakchisiga aylanadi. Zero, qonun ustuvor boʻlgan va xalqiga sadoqat bilan xizmat qiladigan davlat hech qachon yutqazmaydi va bunday jamiyat yuksalishda davom etadi.
Jamshid Haydarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudi raisi.
