Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-05-08 11:35:00 / Yangiliklar

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ohangaron tumani “Qoraxitoy” mahallasi hududida joylashgan xotira maydonida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimi Bahrom Norqobilov ishtirok etib, tumandoshlarimizni qutlug‘ sana — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida bu sana xalqimizning xotira va qadr tushunchalariga bo‘lgan yuksak ehtiromini yanada mustahkamlashini ta’kidladi.
Tadbir davomida tuman hokimi boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar jamoalari urush va mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan, shuningdek, oramizdan o‘tgan yurtdoshlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan monument poyiga gulchambar qo‘yish marosimida qatnashdilar.
Marosim davomida marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, ularning ezgu amallari va jasorati e’zoz bilan yodga olindi. Tadbir ishtirokchilari ushbu kunning mazmun-mohiyatini chuqur his etgan holda, xotira va qadriyatlarini ulug‘lash har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidladilar.









