Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-05-07 14:05:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumani da aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish maqsadida, navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sa’dullayev tomonidan Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan mazkur qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator masalalar bilan murojaat qilishdi.
Qabul davomida uy-joy masalalari, kommunal xizmat ko‘rsatish sifati, ijtimoiy yordam turlaridan foydalanish, tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolar hamda boshqa kundalik hayotda uchrayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, murakkabroq holatlar esa qo‘shimcha o‘rganish va nazoratga olindi.







