Ohangaronda yirik sanoat loyihasiga tamal toshi qo‘yildi
2026-04-29 11:25:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumanida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. "TAI CHANG SPECIAL STEEL" MCHJ ning navbatdagi Xorijiy sarmoyalar ishtirokida barpo etilayotgan “TAI CHANG GROUP” MCHJ zamonaviy metallurgiya majmuasi qurilishi boshlandi.
Mazkur loyiha mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi, yuqori sifatli legirlangan po‘lat asosida yirik o‘lchamli metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qiladi.
Loyiha doirasida yirik yer maydoni ajratilgan. Qurilish ishlari zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi. Loyihaning 1-bosqichida 50,8 million AQSH dollar, 2-bosqichda esa 60 million AQSH dollari, Umumiy qiymati 110,8 AQSH dollari teng bo‘lgan korxona to‘liq ishga tushgach, yiliga 700 ming tonna "Yuqori legirlangan po'lat mahsulotlari"ni zamonaviy xitoy texnologiyalari asosida ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Yangi korxona ichki bozordagi talabni qondirish bilan birga, eksport geografiyasini ham kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa Ohangaron tumani iqtisodiyotining o‘sishi, sanoat infratuzilmasining mustahkamlanishi va yangi ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishiga turtki beradi.
Loyihani 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Uning ishga tushishi natijasida 500 taga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilib, mahalliy aholining bandligi va daromad manbalari kengayadi.
Tadbirda tuman hokimi Bahrom Norqobilov ishtirok etib, mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va hududlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtaldi.






