"Eyvalek"da sayyor qabul o‘tkazildi
2026-04-28 15:05:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva tomonidan Ohangaron tumani “Eyvalek” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Qabul jarayonida aholi vakillari tomonidan moddiy yordam olish, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, uy-joy, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.






