OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi
2026-04-24 12:20:00 / Press-tur

Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Ohangaron tumani "Shodmalik" mahallasi hududida joylashgan "Driptec” MCHJga qarashli zamonaviy sanoatlashgan uzum plantatsiyasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Mazkur press-tur doirasida jurnalistlar yurtimizda dastlabki "UFO" texnologiyasi asosida barpo etilgan uzumzor faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ushbu innovatsion texnologiya AQSHning Kaliforniya tajribasi asosida yaratilgan bo‘lib, uzum yetishtirishda yuqori samaradorlikka erishish, resurslardan oqilona foydalanish hamda mahsulot sifatini oshirish imkonini bermoqda. Plantatsiyada uzumning eksportbop "Avatar" navi parvarishlanmoqda. Uning yuqori sifati va bozor talablariga mosligi tufayli yetishtirilayotgan mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.
Ushbu loyiha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda jamiyat tasarrufida jami 322,5 gektar yer maydoni bo‘lib, shundan 26 gektar qismida uzumzor tashkil etilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilarga agrosanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.









