O‘rganish ishlari olib borilmoqda
2026-04-08 16:00:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Ohangaron tumani "Ubayd" mahallasida yashovchi, ismi ko‘rsatilmagan fuqaro tomonidan mazkur mahallada yangi qurilgan kottedjlarda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo mavjudligi to‘g‘risida videomurojaat tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Jumladan, ushbu mahalla Ohangaron shahri bilan chegaradosh hududda joylashgan bo‘lib, elektr ta’minoti aynan shu shahar tarmog‘iga ulangan. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikki kun mobaynida elektr ta’minotida bir necha marta uzilishilar bo‘lgan. Shu sababli, mazkur mahallaga suv yetkazib beruvchi nasoslar vaqtinchalik ishlamay qolgan.
Ayni damda "Toshkent viloyati suv ta’minoti" Ohangaron tumani filiali tomonidan ushbu vaziyat nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tez orada muammo ijobiy hal etilishi kutilmoqda.
