Tibbiyot birlashmasida Navro‘z bayrami nishonlandi
2026-03-26 14:30:00 / Yangiliklar

Ohangaron tuman Tibbiyot birlashmasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda tibbiyot xodimlari uchun bayramona dasturxon yozilib, milliy qadriyatlar va an’analarimizga xos muhit yaratildi.
Tadbir davomida birlashma tarkibidagi bo‘limlar, shuningdek, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari jamoalari tomonidan turli musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Chiqishlarda xalqimizga xos urf-odatlar, milliy qadriyatlar va an’analar o‘z aksini topdi. Barcha ishtirokchilarning milliy liboslarda bo‘lishi bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, dasturxonlar milliy taomlar bilan bezatilib, mehmonlar uchun haqiqiy Navro‘z muhiti yaratildi. Bu esa jamoa o‘rtasida hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatni yanada mustahkamladi.
Tadbirda Ohangaron tumani hokimining o‘rinbosari Ixtiyor Qurbonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni tuman hokimligi nomidan samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etib, ularga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.









