"Tashabbusli budjet" loyihasi 2026-yil 1-mavsum g‘oliblari aniqlandi
2026-03-21 10:15:00 / Yangiliklar

"Tashabbusli budjet" loyihasining 2026-yil 1-mavsum ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ohangaron tumanidagi quyidagi loyihalar g‘olib deb topildi:
1. "Ko‘ksaroy" MFY – 23-umumta’lim maktabi hududidagi bo‘sh yer maydoniga zamonaviy tipdagi usti yopiq mini stadion qurish – 5773 ta ovoz – 1 300 000 000 so‘m;
2. "Sanam" MFY – “Toshkent Viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi”ga qarashli futbol maydonida zamonaviy sport kompleksi, jumladan, futbol maydoni, workout maydonchasi, mini futbol maydoni, yuvinish va kiyim almashtirish xonalari hamda boshqalarni qurish – 5763 ta ovoz – 1 645 000 000 so‘m;
3. "Ovjazsoy" MFY – Bahor va Guliston ko‘chalarida zamonaviy ko‘rinishdagi ochiq va yopiq futbol maydonchasini barpo qilish – 5708 ta ovoz – 1 648 000 000 so‘m;
4. "Telov" MFY – Tepa Telov, Pastki Telov, Yakkatut, Oqtepa ko‘chalarini asfaltlashtirish – 5639 ta ovoz – 1 647 870 000 so‘m;
5. "Telov" MFY – Olmazor ko‘chasi ichki yo‘llarini asfalt qilish – 5487 ta ovoz – 1 647 870 000 so‘m;
6. "Oybuloq" MFY – Yangiobod va Yoshlar ko‘chalarida o‘quvchilar maktabga qatnovini yaxshilash hamda O‘zar jome’ masjidiga aholining borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida, ichki yo‘lning 2891 metriga asfalt qoplamasini yotqizish ishlarini amalga oshirish – 5463 ta ovoz – 1 647 870 000 so‘m;
7. "Chetsuv" MFY – Oqtosh, Koinot, Tanga-topdi, Chetsuv ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish (2 880 m) – 5348 ta ovoz – 1 641 600 000 so‘m.
