"Tuman hokimi olimpiadasi" musobaqalariga start berildi
2026-03-25 09:15:00 / Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab yosh sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali ravishda start berildi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur nufuzli musobaqalar yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralab olish hamda kelgusida xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Musobaqalar 13–14 yoshli sportchilar, badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha esa 11–12 yoshli qizlar o‘rtasida tashkil etiladi.
Bellashuvlar 21 ta Olimpiya sport turi bo‘yicha 205 ta dastur asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, mazkur olimpiadaning tuman bosqichi – "Tuman hokimi olimpiadasi" musobaqalariga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Bahrom Norqobilov qatnashib, ishtirokchilarga omadlar tiladi. Sportchilar bilan iliq va samimiy muloqotda bo‘ldi.








