Eng kuchli hamshira aniqlandi
2026-03-18 14:55:00 / Yangiliklar

Ohangaron tuman Tibbiyot birlashmasida “Hamshira – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda tumandagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamshiralar ishtirok etib, ularning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, bemorlar bilan muloqot madaniyati hamda kasbiy mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra ishtirokchilar quyidagi natijalarni qayd etdi:
1-o‘rin — Navbahor Pardayeva, Ilg‘or oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigada patronaj hamshirasi;
2-o‘rin — Holida Hasanova, 38-oilaviy poliklinika tibbiy statist hamshirasi;
3-o‘rin — Gulnoza Boynazarova, Ko‘chbuloq oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigada doya patronaji.
G‘olib va faol ishtirokchilar birlashma rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Navbahor Pardayeva ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.






