Chetsuv mahallasida yoshlar muammolari va takliflari o‘rganildi.
2026-02-26 17:00:00 / Yangiliklar

Samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda mahalla yoshlarining turli sohalarda erishayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, ta’lim, sport, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida faol ishtirok etayotgan yigit-qizlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar ham tinglandi. Ular tomonidan kasb-hunar o‘rganish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport to‘garaklari va infratuzilmani yaxshilash borasidagi taklif va murojaatlar bildirildi.
Hokim har bir masala yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab berdi. Murojaatlar ijrosini nazoratga olish va yoshlar bilan muloqotni muntazam davom ettirish zarurligi qayd etildi.




