Navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-02-25 11:10:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi, “ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosi holati, aholi murojaatlari bo‘yicha ishlar muhokama qilindi. Mavjud muammo va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘chat ekish hududlarini belgilash, parvarish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, “otaliqqa” olingan hamda “og‘ir” toifadagi yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil etilib, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.
Muhokamalar yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.




