MUHIM MASALA MUHOKAMA MARKAZIDA
2026-02-16 14:05:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumani hokimi Bahrom Norqobilov “Nurobod” mahallasida joylashgan Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosari Ixtiyor Qurbonov, muassasa rahbari Baxtiyor Sodiqov hamda Ohangaron tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Javlon Kadirov ishtirok etdi.
Suhbat davomida shifoxonaning aholi yashash hududlariga yaqin joylashgani, kasalliklarning xususiyati, darajasi, atrof-muhitga ta’sir ehtimoli, muassasaning tuman markazi va xalqaro magistral yo‘lga yaqinligi kabi omillar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, muassasani boshqa hududga ko‘chirish masalasi yuzasidan mutaxassislarning fikr va takliflari tinglandi.
Muhokama yakunida mas’ullarga barcha omillarni chuqur o‘rgangan holda shifoxonani boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.



