Fermer xo‘jaliklari onlayn ro‘yxatdan o‘tmoqda
2026-01-27 08:50:00 / Yangiliklar

Jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda ushbu kompleksga kiruvchi tashkilot va idoralar mutasaddilari tomonidan fermerlarga bevosita amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Mas’ul xodimlar fermerlarga elektron platforma orqali ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritish, texnik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar bermoqda.
Mazkur onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni fermer xo‘jaliklari faoliyatiga oid aniq ma’lumotlarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavjud holatni to‘liq o‘rganish hamda kelgusida sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, fermerlarning ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ortiqcha ovoragarchilikka duch kelmasligi, ular uchun qulaylik yaratish maqsadida, barcha tegishli idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yanada kuchaytirilgan.





