KORRUPSIYA – JAMIYATNI TANAZZULGA YETAKLOVCHI ILLAT!
2026-01-23 11:20:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalar bo‘yicha chuqur islohotlar jadal suratlar bilan olib borilmoqda.
Xususan, 2025-yilning 26-dekabr kuni Oliy Majlisga hamda O‘zbekiston halqiga yo‘llagan Murojaatnomasida nazarda tutilgan ustuvor vazifa korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, uni oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.
Biz – tibbiyot xodimlari adolatli, erkin va taraqqiyot sari intilayotgan jamiyatda faoliyat yuritar ekanmiz, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda shaffoflikni ta’minlash va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizga mas’uliyat bilan yondoshishimiz va faollikni namoyon qilib, jonajon xalqimizni rozi bo‘lishini asosiy maqsadimiz deb bilishimiz lozim.
Ma’lumki, mamlakatimizning barcha sohalarida qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o‘zida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (D-MED) yaratilib, shifoxonamizda ishga tushirilgani korrupsiya havflarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Hurmatli do‘stlar!
Korrupsiya, byurokratiya, ta’magirlik va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishda har bir shaxsning faol ishtiroki va haqiqatni himoya qilishdagi ko‘magi asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli Sizdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Toshkent viloyati Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling:
Ishonch telefonlari — 1203; 1103, 93-336-96-87;
Bevosita shifoxona direktoriga;
Bevosita Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga;
Shifoxonaning Odob-axloq komissiyasi bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
