"Ubayd" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-01-22 16:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida mahalla aholisi tomonidan qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, elektr ta’minotidagi uzilishlar, oqova va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar, yaylovlardan foydalanish masalasi, atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish, ta’lim tizimidagi kamchiliklar, vrachlik punkti faoliyati, aylanma yo‘l qurilishini oxiriga yetkazish, shuningdek, piyodalar yo‘lakchalari qurish kabi masalalar fuqarolar tomonidan ochiq-oydin bildirildi.
Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ular yuzasidan tegishli soha rahbarlari va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul idoralar belgilanib, har bir masala bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda aniq ijro muddatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida aholining murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilash ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.









