Men ro‘yxatdan o‘tdim, siz-chi?
2026-01-19 09:20:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi izchil davom etmoqda. Ushbu muhim jarayon aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi real holatni aniqlashga qaratilgan.

Men census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Ohangaron tumani aholisini ushbu umumdavlat tadbirida faol ishtirok etishga chorlayman.
Ro‘yxatga olish natijalari mamlakatimiz taraqqiyotini rejalashtirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan samarali qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Siz-chi, ro‘yxatdan o‘tdingizmi?
Bunyod Akbarov, Ohangaron tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i.

