Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli imkoniyatlar kengaymoqda
2025-12-25 10:30:00 / Yangiliklar

Joriy yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISЕF o‘rtasida 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan, qiymati 102,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi hamkorlik “Yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Ushbu hujjat sog‘liqni saqlash sohasida, ayniqsa, milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash, bolalar va aholi salomatligini himoya qilish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda muhim dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bugun mazkur hamkorlik doirasida navbatdagi amaliy qadam tashlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ohangaron tuman Tibbiyot birlashmasiga 40 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi hamda 59 dona planshet taqdim etildi. Ushbu texnika vositalari tibbiyot muassasalarida axborot tizimlarini joriy etish, tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Ohangaron tuman Tibbiyot birlashmasi jamoasi mazkur qo‘llab-quvvatlashni katta mamnuniyat bilan qabul qildi. Taqdim etilgan texnik jihozlar shifokorlar va tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish, bemorlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilishi ta’kidlandi.







