Tuman hokimi Bahrom Norqobilov ijtimoiy soha rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
2025-12-23 10:05:00 / Yangiliklar

Unda tuman hududida ijtimoiy soha yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sohalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari Ixtiyor Qurbonov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Yoshlar ishlari bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda Sport maktabi rahbarlari ishtirok etib, 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha axborotlar taqdim etdi.
Ohangaron tumani hokimi Bahrom Norqobilov har bir yo‘nalish bo‘yicha berilgan axborotlarni tinglab, ijtimoiy sohada tizimli ish olib borish, idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda vazifalarni samarali amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




