Tuman hokimi yarmarka faoliyati bilan tanishdi
2025-12-22 15:20:00 / Yangiliklar

Ohangaron tumani hokimi Bahromjon Norqobilov mazkur yarmarka faoliyati bilan bevosita tanishib, savdo jarayonlari, mahsulotlar narxi va sifati, shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar holatini o‘rgandi. Yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xo‘jaliklari tomonidan go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot-poliz mahsulotlari, un va un mahsulotlari hamda boshqa turdagi kundalik iste’mol tovarlari bozor narxlaridan arzonlashtirilgan holda taklif etilmoqda.
Tuman hokimi yarmarka ishtirokchilari va xaridorlar bilan suhbatlashib, aholining fikr-mulohazalari hamda takliflarini tingladi. Savdo jarayonlarini tartibli tashkil etish, mahsulotlar sifatini nazorat qilish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.






